Ermitajda MDH rahbarlari savdo va hamkorlik masalalarini muhokama qildi

MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida savdo, transport, investitsiya, energetika va gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgdagi “Ermitaj” davlat muzeyida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Serdar Berdimuhamedov va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ham qatnashdi.
Uchrashuvda o‘zaro tovar ayirboshlashni oshirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro investitsiyalar o‘sishini rag‘batlantirish va kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, energetika va raqamlashtirishda sheriklikni mustahkamlash, fan, ta’lim, madaniyat va san’at sohalarida qo‘shma loyihalarni kengaytirish, shuningdek, hududlar o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.
Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasida madaniy va gumanitar almashinuvlarni davom ettirish, xususan, yoshlarning ijodiy, innovatsion va intellektual salohiyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash zarurligi qayd etildi.
O‘zbekiston va YeOII
Mirziyoyev Sankt-Peterburgda YeOII bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi