Savdo, sarmoya, turizm: O‘zbekiston va Rostov tadbirkorlari yangi loyihalarni muhokama qildi

O‘zbekiston va Rostov viloyati tadbirkorlari hududlararo hamkorlik istiqbollarini muhokama qilib, o‘zaro salohiyat taqdimotini o‘tkazdi
Sputnik
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiyaning Rostov viloyati tadbirkorlari bir-birlariga o‘z salohiyatlari taqdimotini o‘tkazib, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalarda hududlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.
Onlayn uchrashuvda, shuningdek, Rostov viloyatining iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vazirliklari vakillari, mintaqaviy savdo-sanoat palatasi, Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi rahbariyati ishtirok etdi.
O‘zbekiston tomoni mamlakatning eksport salohiyati, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, trikotaj mahsulotlari, maishiy texnika va mebel ishlab chiqarish hajmi va sifati haqida ma’lumot berdi.
Turizm sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari, tadbirkorlar va sayyohlik kompaniyalari bilan maqsadli loyihalarni ishlab chiqish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Rossiya tomoni mintaqaning iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyalar haqida ham ma’lumot berdi.
Toshkent viloyati–Boshqirdiston: yangi loyihalar va hamkorlik muhokama qilindi