Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

AQSh razvedkasi rahbari Rossiya-Yevropa urushi da’volarini rad etdi—Mask uni qo‘llab-quvvatladi

Tulsi Gabbard Rossiyaning Yevropani bosib olishga tayyorlanayotgani haqidagi da’volarni rad etdi. Ilon Mask uning pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladi.
Sputnik
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. AQSh milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard unga bo‘yinuvchi tuzilmalar go‘yoki Rossiyaning Yevropani bosib olishga intilayotgani haqida ishonayotgani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi.
U bunday da’volarni AQShning Ukrainada tinchlikka erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlariga putur yetkazishga qaratilgan urinish deb atadi.
"Yo‘q, bu — yolg‘on va tashviqot. Reuters ikki tomondan ham milliondan ortiq qurbonlarga olib kelgan qonli urushni tugatish uchun Prezident Donald Trampning tinimsiz tinchlikparvar sa’y-harakatlariga to‘sqinlik qilmoqchi bo‘layotgan urush tarafdorlari nomidan bu narrativni ilgari surmoqda", — deb yozdi Gabbard Iks ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Uning ta’kidlashicha, xavfli tomoni shundaki, ushbu yolg‘on narrativ NATO va Yevropa Ittifoqi tomonidan Qo‘shma Shtatlar armiyasini Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri urushga jalb etish ehtimolini kuchaytirish uchun jamoatchilik orasida qo‘rquv va isteriya qo‘zg‘atmoqda.
Gabbardning so‘zlariga ko‘ra, AQSh razvedka hamjamiyati siyosatchilarga, jumladan, Reuters iqtibos keltirgan Kongress a’zosiga Rossiya NATO bilan keng ko‘lamli urushdan qochishga intilayotgani haqida ma’lumot bergan. Shuningdek, so‘nggi yillar Rossiyaning jang maydonidagi imkoniyatlari hozirda butun Ukrainani bosib olish va ishg‘ol qilishga yetarli emasligini ko‘rsatmoqda.

Bu bayonotga munosabat bildirgan Ilon Mask Iks tarmog‘idagi izohida: "Direktor Gabbard mutlaqo haq", — deb yozdi.

Shu bilan birga, Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari,tinchlik bo‘yicha muzokara jarayonlarida ishtirok etgan Kirill Dmitriyev ham ushbu masalaga munosabat bildirdi. U quyidagi izohni qoldirgan:
"Keling, AQSh, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqidagi urushni qo‘zg‘atuvchilarning yaxshi moliyalashtirilgan va yaxshi tashkil etilgan ommaviy axborot vositalari orqali Prezident Trampning tinchlik rejasini izdan chiqarishga qaratilgan kampaniyasini ochiq tan olaylik. Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi siyosatchilari esa migratsiya siyosatidagi muvaffaqiyatsizliklarni niqoblash, shuningdek, “do‘stona” pudratchilar orqali qurol sotishdan foyda ko‘rish maqsadida jamoatchilikni “Rossiya bilan urushishga” undamoqda".
Vladimir Putin bilan yil yakunlari: G‘arb bilan munosabatlar bo‘yicha asosiy bayonotlar