TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Moskva Afrika bilan hamkorlikni kengaytirishga intilmoqda, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Rossiya-Afrika" forumi ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida.
"Rossiya Federatsiyasi afrikalik sheriklari bilan do‘stona, to‘liq teng huquqli va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishga katta ahamiyat beradi", - deyiladi murojaatda.
Prezident qit’a global siyosatda tobora muhim rol o‘ynayotganini, Rossiya va Afrika hali ham foydalanilmagan katta savdo salohiyatiga ega ekanligini ta’kidladi. Shu bilan birga, Moskva hamkorlikni, jumladan, Afrika mamlakatlarining xavfsizligini ta’minlash borasida ham faollashtirishga tayyor ekanini aytib o‘tdi.
Rossiya prezidenti murojaatini ishtirokchilarga tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘qib eshittirdi.
Bugun Qohirada vazirlar darajasida "Rossiya-Afrika" forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tashqi ishlar vazirliklari, davlatlar va qit’a integratsiya uyushmalarining ijro etuvchi organlari rahbarlari ishtirok etmoqda. Ular turli sohalardagi hamkorlikni muhokama qilishdi.
Rossiya-Afrika hamkorlik forumi 2019-yilda tashkil etilgan. U ikkita sammitga — 2019-yilda Sochida va 2023-yilda Sankt-Peterburgda — hamda o‘tgan yilning noyabr oyida birinchi vazirlar konferensiyasiga mezbonlik qildi.
Vtoraya ministerskaya konferensiya Foruma partnerstva Rossiya – Afrika
© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
/