Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukrainadagi hokimiyat qonuniy bo‘lishi shart - Putin

Rossiya prezidentining ta’kidlashicha, saylov o‘tkazmasdan buning iloji yo‘q.
Sputnik
TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Ukrainada hokimiyat oxir-oqibat qonuniy bo‘lishi shart, bu faqat saylovlar natijasida bo‘lishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.

“Qo‘shilaman, Ukrainadagi hokimiyat oxir-oqibat qonuniy bo‘lishi shart, saylov o‘tkazmasdan buning iloji yo‘q”, - dedi Rossiya rahbari to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot chog‘ida.

Putin Rossiya hududida ovoz berish huquqiga ega 5 mln nafardan 10 mln nafargacha Ukraina fuqarolari yashashiga e’tibor qaratdi. Putinning ta’kidlashicha, Rossiya Ukrainada saylov tashkilotchilaridan bu odamlar ham o‘zining ovoz berish huquqidan Rossiyada hududida foydalanishni talab qilishga haqli.
Rossiya Ukrainada saylovlarda xavfsizlikn ta’minlashni o‘ylab ko‘rishga tayyor, jumladan, mamlakat ichkarisiga zarba bermaslikka.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Putin: tinchlik masalasi muzokaralarida “koptok” Ukraina va uning homiylari tomonda