Toshkent-Qozon yo‘nalishida poyezdlar qatnovi qayta tiklanmoqda

Bu yo‘nalishdagi poyezdlar qatnovi har hafta amalga oshiradi.
Sputnik
TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Toshkent - Qozon - Toshkent temir yo‘l yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar qayta ochilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 21-dekabr kuni Toshkent-Markaziy vokzalidan 315/316-sonli Toshkent - Qozon - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi poyezdi yo‘lga chiqadi.
Qatnovlar haftasiga bir marta quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:
315-sonli Toshkent - Qozon yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezd
Toshkent-Markaziy vokzalidan jo‘nash - yakshanba, 23:55 da
Qozon vokzaliga yetib kelish - chorshanba, 13:47 da
316-sonli Qozon - Toshkent yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezd
Qozon vokzalidan jo‘nash - payshanba, 10:33 da
Toshkent-Markaziy vokzaliga yetib kelish - yakshanba, 04:32 da
Poyezd tarkibi 7 ta vagondan iborat bo‘lib, 342 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Chiptalar allaqachon sotuvda ekani ta’kidlanmoqda.
Eslatamiz, bu yo‘nalishdagi poyezd qatnovlari koronavirus pandemiyasi sabab 2020-yilda vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan edi.
Andijon shahridan Xonobodga poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi