Putin Rossiya iqtisodiyoti o‘sishini baholadi

Rossiya yalpi ichki mahsuloti uch yil davomida 9,7 foizni tashkil etdi.
Sputnik
TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Rossiyada bu yil real ish haqida o‘sishi 4,5 foizni tashkil etadi. Bu haqda Rossiya rahbari Vladimir Putin to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot chog‘ida ma’lum qildi.
Putinning Rossiya iqtisodiyoti to‘g‘risidagi boshqa bayonotlari:
Ishsizlik darajasi 2,2 foiz bo‘ldi – bu yaxshi ko‘rsatkich.
Rossiyada inflyatsiya muammosini hal qilishga erishilmoqda, yil oxiriga kelib u 5,7-5,8 foiz bo‘ladi.
Rossiya yalpi ichki mahsuloti uch yil davomida 9,7 foizni tashkil etdi, Yevrohududda esa 3,1 foiz bo‘lgan.
Markaziy bank oltin-valyuta zaxiralari o‘sishda davom etmoqda, hozir ular 741,5 mlrd dollarni tashkil etadi.
Rossiya davlat qarzi – rivojlangan iqtisodiyotlar orasida eng kamlaridan biri.
2025 yilda Rossiyaning budjet taqchilligi YaIMning 2,6 foizini tashkil qiladi, kelgusi yilda u YaIMning 1,6 foizigacha kamayadi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, 2026-yilda YaIMning past o‘sishi hukumat va Markaziy bank tomonidan mamlakatda inflyatsiyani target qilish bilan bog‘liq ongli qo‘shma qarordir.
Rossiya iqtisodiyoti yuqori maoshlar iqtisodiyoti bo‘lishi shart – Putin