TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida imperator Naruxito va mamlakat Parlamentining Maslahatchilar palatasi prezidenti Masakazu Sekiguchi bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Imperator bilan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik, ayniqsa, ta’lim va kadrlar tayyorlash hamda madaniy-gumanitar almashinuvlar sohasida izchil kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Ta’kidlanishicha, joriy tashrif doirasida Tokioda O‘zbekiston madaniyati kunlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Kelgusi yili Yaponiyaning bir nechta shaharlarida O‘zbekiston madaniyati va tarixiga bag‘ishlangan arxeologik ko‘rgazma tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Mirziyoyev vstretilsya s Imperatorom Yaponii Naruxito i prezidentom Palati sovetnikov Parlamenta
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Masakazu Sekiguchi bilan uchrashuvda O‘zbekiston – Yaponiya yoshlar parlamentlari a’zolari forumini o‘tkazish hamda 2026-yilda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Yoshlar parlamentlari a’zolari global konferensiyasida Yaponiya delegatsiyasining ishtirok etishiga alohida e’tibor qaratildi.
Parlamentlar oliy darajada erishilgan, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy, texnologik va madaniy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashishi muhimligi ta’kidlandi.