O‘zbekiston va YeOII

YeOII kimyo, dori va tibbiy buyumlar bozorida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda

YeIK texnik reglamentlarni yangilash, shuningdek, dori va tibbiy buyumlarning umumiy bozorini rivojlantirish bo‘yicha rejalarni ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 18 dek – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK)ning texnik jihatdan tartibga solish vaziri Valentin Tatariskiy OAV vakillari uchun matbuot anjuman o‘tkazdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Matbuot anjumani yakunlari bo‘yicha asosiy fikrlar:
YeOIIda texnik tartibga solish sohasida
Jami 52 ta texnik reglament qabul qilingan:
- 48 tasi amalda qo‘llanilmoqda;
- 9 tasi ishlab chiqish bosqichida;
Kimoviy mahsulotlar bo‘yicha texnik reglament doirasida:
- yangi kimoviy moddalarni notifikatsiya qilish tartibi hamda kimoviy moddalar va aralashmalar reyestrini shakllantirish va yuritish qoidalari qabul qilindi;
Lak-bo‘yoq mahsulotlari, sintetik yuvish vositalari va maishiy kimyo bo‘yicha alohida texnik reglamentlar qabul qilish rejalashtirilmoqda.
Ilmiy-tadqiqot ishlari
Ikkita ilmiy-tadqiqot ishi yakunlandi:
- Birinchisi - bolalar sog‘lig‘i va rivojlanishiga zarar yetkazuvchi o‘yinchoqlar va boshqa mahsulotlar muomalasini istisno qilish.
- Ikkinchisi ishlab chiqaruvchilarga qandolat mahsulotlari (holva, qozinaki) uchun boshlang‘ich xomashyo spektrini kengaytirish imkonini beradi.
Dori vositalarining umumiy bozori
️2025 yilda umumiy dori-darmon bozorining to‘laqonli faoliyat yuritishiga o‘tish davri yakunlanadi;
Yagona ro‘yxatga olish qoidalari bo‘yicha:
- 50 mingga yaqin ariza qabul qilingan;
- 13 mingdan ortiq ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi berilgan.
Farmatsevtika inspeksiyasi sohasida:
- 3,6 mingdan ortiq tekshiruv o‘tkazilgan;
- 5 mingga yaqin ariza YeOII hududi ichida va tashqarisidagi ishlab chiqarish maydonchalarini tekshirish uchun topshirilgan;
Natijada 3 mingdan ortiq sertifikat berilgan.
Tibbiy buyumlarning umumiy bozori
Tibbiy buyumlarning xavfsizligi, sifati va samaradorligini monitoring qilishning yagona qoidalari joriy etildi
Ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi:
- 2025-yil 31-dekabrgacha — tibbiy buyumlar ham milliy, ham yagona qoidalar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
- 2026-yil 1-yanvardan — faqat yagona qoidalar amal qiladi, lekin milliy qoidalar bo‘yicha hujjatlarga o‘zgartirish kiritish 2026-yil oxirigacha mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston va YeOII
Mishustin: YeOII 2025-yilda asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha munosib natijalarni ko‘rsatdi