TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Transport vaziri Ilhom Maxkamov boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi Turkiya poytaxti Anqara shahrida joylashgan Avtomobil yo‘llari Bosh nazorat markaziga tashrif buyurdi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu markaz Turkiya yo‘l infratuzilmasini boshqarish va monitoring qilishda muhim ahamiyatga ega. U “aqlli” transport tizimining (ITS) asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, sensor tarmoqlari, kuzatuv kameralari, elektron yo‘l belgilari hamda trafikni boshqarish tizimlarini o‘z ichiga oladi. Markaz orqali mamlakatning asosiy avtomagistrallaridagi yo‘l holati markazlashtirilgan tarzda nazorat qilinadi.
Nazorat markazi avtomobil yo‘llarining xavfsiz, barqaror va samarali ishlashini ta’minlab, transport infratuzilmasini optimal boshqarish imkonini beradi.
Tashrif davomida transport oqimini boshqarish va “aqlli yo‘l” texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha zamonaviy tajriba va xalqaro standartlar bilan tanishildi.
Delegatsiya Uzbekistana oznakomilas s opitom "umnoy" transportnoy sistemi v Tursii
© Ministerstvo transporta
Shuningdek, delegatsiya a’zolari Anqaraning Lalahan tumanida amalga oshirilayotgan avtomobil yo‘llari qurilishi jarayonlarini ham ko‘zdan kechirdi.