TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida ekologik toza hududlarning huquqiy maqomini belgilash hamda plastik mahsulotlar muomalasini tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, toza hudud rejimi joriy etilgan hududlarda ekologik tizimlar barqarorligini buzishi yoki tabiiy landshaftlar ko‘rinishini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan ishlarini amalga oshirish taqiqlanadi.
Shuningdek, tabiiy organik polimer mahsulotlardan tashqari bir martalik plastik mahsulotlar muomalasini cheklash nazarda tutilmoqda. Bundan tashqari, polietilen polimer plonkali paketlarning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan normalar belgilanmoqda.
Qonun loyihasini deputatlar birinchi o‘qishda qabul qilishdi.