TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Toshkent shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo davlatlarning Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha komissiyasining 26-majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Tadbirda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistonning tegishli vazirliklari, idoralari hamda tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda.
Majlisda ma’ruzachilar qatorida Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi hamda O‘zbekiston Atom energiyasi qo‘mitasi — “O‘zatom” vakillari ham bor.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Moskvada bo‘lib o‘tgan ShHT Hukumat rahbarlari kengashi yakunlariga ko‘ra, ishtirokchi davlatlar atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlagan.