AQShdagi otishma: Vens o‘zbekistonlik talaba vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

AQShning Rod Aylend shtatidagi Braun universitetida sodir bo‘lgan otishmada o‘zbekistonlik talaba MuhammadAziz Umurzoqov halok bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens Braun universitetida sodir bo‘lgan otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. U X ijtimoiy tarmog‘ida hamdardlik posti yozib qoldirdi.

"Braundagi otishmaning ikkinchi qurboni aniqlanganga o‘xshaydi. U jarroh bo‘lishni orzu qilgan, ajoyib yigit edi. Xudo MuhammadAziz Umurzoqovning ruhini shod qilsin", — deb yozdi Vens.

Avvalroq AQShning Rod-Aylend shtati, Providens shahri meri Brett Smayli shanba kuni Braun universiteti hududida sodir bo‘lgan otishma oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani, yana to‘qqiz nafar inson turli darajada jarohat olganini ma’lum qilgan edi.
Keyinroq politsiya hodisa bo‘yicha gumonlanuvchini qo‘lga oldi. CNN telekanali xabariga ko‘ra, u 24 yoshli Benjamin Erikson bo‘lib chiqdi. Ma’lum qilinishicha, u ilgari Arlington milliy qabristonida ishlagan hamda xizmatlari uchun bir qator mukofotlar bilan taqdirlangan.
AQShdagi Braun universitetida otishma: o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi