TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Bugun, 2026/2027 o‘quv yilida Rossiya oliy o‘quv yurtlariga kvota asosida kirish uchun ariza topshirish kampaniyasining so‘nggi kuni. Bu haqda Rossotrudnichestvo matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kvota kampaniyasi ishtirokchisi bo‘lish uchun 2025-yil 15-dekabrga qadar quyidagi sayt orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza yuborish zarur:
education-in-russia.com
education-in-russia.com
Ariza topshirish uchun:
saytda shaxsiy kabinet (hisob) yaratish;
tanlovning 1-bosqichi uchun zarur hujjatlarni yuklash;
“Talabnoma yuborish” tugmasini bosish kerak.
Ariza yuborilgandan so‘ng uning holati “Qoralama”dan “RZU tekshiruvida” maqomiga o‘zgarishi shart. Ariza yuborilmagan taqdirda, u yaroqsiz hisoblanadi va kvota kampaniyasida ishtirok etilmaydi.
Kvota kampaniyasida ishtirokchi hisoblanadigan arizalar holati:
“RZUda tekshiruvda”
“RZU tekshiruvidan o‘tdi”
“to‘ldirish uchun qaytarildi”
Ushbu maqomlar arizaning ko‘rib chiqilayotganini anglatadi.
Agar ariza “Qoralama” yoki “Talabnoma bekor qilindi” holatida bo‘lsa, u ko‘rib chiqilmaydi va tanlovga qo‘yilmaydi.