O‘zbekiston va YeOII

Qirg‘iziston, Belarus va Armanistonga elektromobillar “rastamojka”siz olib kiriladi

YeOII mamlakatlari 2026-yilda ayrim a’zo davlatlarga elektromobillar va gibrid avtomobillarni bojxona bojisiz olib kirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Sputnik
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari hukumat rahbarlari 2026-yilda ayrim a’zo davlatlarga olib kiriladigan elektromobillarni bojxona bojidan ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Qarorga muvofiq:
Belarus — 20 ming dona elektromobilga,
Armaniston — 15 ming dona elektromobil va gibrid avtomobillarga,
Qirg‘iziston — 15 ming dona elektromobil va gibrid avtomobillarga bojxona bojisiz import qilish imkoniyati beriladi.
Bu yerda gap “toza elektromobillar” (faqat elektr energiyasida harakatlanadigan avto) hamda “ketma-ket gibridlar” haqida ketmoqda.
Ketma-ket gibrid — bu avtomobil g‘ildiraklari elektr dvigateli orqali harakatlanadi, benzin dvigateli esa faqat akkumulyatorni quvvatlash uchun ishlaydi.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) savdo vaziri Andrey Slepnyovning ta’kidlashicha, bunday bojxona imtiyozlari avval ham ijobiy natija bergan.
“Ushbu chora elektromobillar bozorini rivojlantirish, zaradlash infratuzilmasini kengaytirish va ekologik toza transport ulushini oshirishga xizmat qiladi”, — dedi u.
Shu bilan birga, bojxona bojidan ozod qilish faqat Armaniston, Belarus va Qirg‘izistonda doimiy yashovchi fuqarolarga tatbiq etiladi. Bunda olib kirilgan elektromobillarning egalik, foydalanish yoki sotish huquqlarini Qozog‘iston yoki Rossiya fuqarolariga o‘tkazishga ruxsat berilmaydi.
Qayd etilishicha, ketma-ket gibrid avtomobillar bo‘yicha ushbu cheklov Belarus fuqarolari va u yerda doimiy yashovchi shaxslarga nisbatan ham amal qiladi.
O‘zbekiston va YeOII
Mishustin: YeOII 2025-yilda asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha munosib natijalarni ko‘rsatdi