Kobul Tehrondagi Afg‘oniston yig‘ilishida qatnashmaydi — rasmiy izoh berildi

Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida Tolibon harakati atrofida yuzaga kelgan keskin vaziyat fonida barqarorlikni muhokama qilish ko‘zda tutilgan yig‘ilishda Kobul ishtirok etmasligini ma’lum qildi
Sputnik
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Kobul dekabr oyi o‘rtalarida Tehronda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy uchrashuvda ishtirok etmasligini ma’lum qildi.
Garchi taklif berilgan bo‘lsa-da, Afg‘oniston hukumati uchrashuvda ishtirok etmaslikka qaror qildi.
Eron Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Ismoil Bag‘aiy xabar berishicha, kelasi hafta Tehronda Rossiya, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston ishtirokidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.
Afg‘oniston TIV matbuot kotibi o‘rinbosari Hafiz Ziyo Ahmad Takalning aytishicha, mamlakat Tehrondagi uchrashuvga taklif etilgan, biroq mintaqa uchun yetarli mintaqaviy platformalar mavjudligi tufayli unda ishtirok etmaslikka qaror qilingan.
"IEA (Islom Amirligi Afg‘oniston) mintaqaning barcha mamlakatlari bilan mintaqaviy tashkilotlar, formatlar va ikki tomonlama mexanizmlar orqali doimiy faol aloqalarni qo‘llab-quvvatlaydi va mintaqaviy o‘zaro tushunish va hamkorlikni ilgari surishda sezilarli amaliy yutuqlarga erishdi. Tashqi ishlar vazirligi mavjud mintaqaviy formatlarni mustahkamlash orqali mintaqaviy o‘zaro tushunish va hamkorlikni yanada rivojlantirishga ishonadi", – dedi u.
Afg‘onistondagi xalqaro ko‘rgazmada 700 mln dollarlik kelishuvlar tuzildi