YeOIIda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar o‘smoqda

Investitsiyalarning eng tez o‘sishi - Markaziy Osiyo mintaqasida kuzatilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Global iqtisodiy inqirozga qaramasdan, Yevroosiyo mintaqasida tadbirkorlik faoliyati o‘sib bormoqda, deyiladi YeOII hisobotida.
Xususan jahon miqyosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar miqdori kamaymoqda - 2024-yilda 11% ga pasaygan, ammo Yevroosiyoda investitsiyalar o‘sib bormoqda. O‘zaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ulushi rekord darajadagi 48,4 milliard dollarga yetdi. Bu 2023-yilga nisbatan 6,4% ga ko‘p.
Rossiya Yevroosiyo mintaqasidagi eng yirik investor bo‘lib, uning ulushi 78,6% ni tashkil etadi. Qozog‘iston va O‘zbekistonning ulushi ham ortib bormoqda.
Markaziy Osiyo mintaqalararo investitsiyalarning tez o‘sishini ko‘rsatmoqda - bu ko‘rsatgich 2023-yilda 42% ga o‘sib, 1,3 milliard dollarga yetdi. Buning asosiy qismi 80% - qurilish, ishlab chiqarish va moliya sohalariga to‘g‘ri keladi.
Xorijiy investorlar mintaqadagi ishlab chiqarish sektori, energetika, transport va logistika hamda agrobiznesga eng ko‘p qiziqish bildirmoqda.