TOShKENT, 12 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi joriy yilning birinchi 10 oyida 12 foizga ko‘payib, 16 milliard dollardan oshdi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Moskvadagi Yevroosiyo hukumatlararo kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi to‘rt yil ichida O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 80 foizga o‘sdi. Yuk tashish hajmi o‘sib bormoqda, muntazam parvozlar chastotasi ikki baravar ko‘paydi, qo‘shma korxonalar soni 5 mingtaga yetdi.
“Ijobiy sur’at bu yil ham davom etmoqda. Shunday qilib, 10 oy oxirida o‘zaro savdo hajmi yana 12 foizga ko‘paydi va 16 milliard dollardan oshdi”, - dedi u.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida O‘zbekiston savdo va sanoat, transport va logistika, bojxona va soliq ma’muriyatchiligi, energetika, qishloq xo‘jaligi, shuningdek, axborot texnologiyalari sohalaridagi YeOII tarmoq maydonchalari va loyihalari ishida faol ishtirok etmoqda.
2024 yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston va YeOII o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 18 milliard dollarni tashkil etdi.
Aripov O‘zbekiston va Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) uch milliard dollardan ortiq loyihalar portfelini shakllantirdi.
“Bu yil O‘zbekistonning Yevroosiyo taraqqiyot bankiga qo‘shilishi o‘zaro hamkorligimizning muhim bosqichi bo‘ldi. Bugun uch milliard dollardan ziyod loyihalar portfeli shakllandi”, - mamlakat bosh vaziri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent shahrida YeOTB ofisi ochilishi ustuvor tashabbuslarni moliyalashtirishni jadallashtirishga imkon beradi.
Moskvada Yevroosiyo hukumatlararo kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston bosh vazirlari, Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi raisi hamda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev ishtirok etishdi. Kuzatuvchi davlatlardan – O‘zbekiston bosh vaziri va Kuba bosh vaziri (onlayn) qatnashdi.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.