TOShKENT, 12 dek – Sputnik. O‘zbekistonning qator hududlaridagi metan “zapravkalar” ish soatiga cheklov kiritildi. Bu haqda "Hududgazta’minot" kompaniyasining hududlardagi filiallari xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, cheklovlar hokimliklar bilan kelishilgan qaror asosida kiritilmoqda.
Cheklov kiritilgan hududlar:
Toshkent shahridagi 78 ta metan zapravka ishi soat 06:00 dan 23:00 gacha;
Andijon viloyatidagi 143 ta metan zapravka ishi soat 05:00 dan 17:00 gacha;
Namangan viloyatidagi 134 ta metan zapravka ishi soat 05:00 dan 17:00 gacha;
Farg‘ona viloyatidagi 173 ta metan zapravka soat 06:00 dan 18:00 gacha;
Qoraqalpog‘istondagi 124 ta metan zapravka soat 06:00 dan 18:00 gacha;
Sirdaryo viloyatidagi 53 ta metan zapravka soat 06:00 dan 18:00 gacha;
Navoiy viloyatidagi 51 ta metan zapravka soat 06:00 dan 19:00 gacha;
Xorazm viloyatidagi 94 ta metan zapravka soat 05:00 dan 17:00 gacha;
Surxondaryo viloyatidagi 106 ta metan zapravka soat 06:00 dan 17:00 gacha.
Avvalroq Energetika vazirligi metan “zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilishi va bu qo‘shni davlatdagi gaz tarmog‘ida kuzatilgan texnik nosozlik tufayli import qilinayotgan tabiiy gaz qisqargani bilan bog‘liqnini ma’lum qilgan edi.