TOShKENT, 11 dek – Sputnik. Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Paragvay prezidenti Santyago Penya rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar o‘tkazishdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Peregovori prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva s prezidentom Paragvaya Santyago Penya
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Paragvay o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.
Uzbeksko-paragvayskie otnosheniya vivedeni na noviy etap razvitiya
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Mirziyoyev Paragvay rahbarini samimiy qutlar ekan, Lotin Amerikasi davlati prezidenti O‘zbekistonga ilk bor amalga oshirgan ushbu tashrif tarixiy ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.
Prezident Paragvaya Santyago Penya
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Mazkur sammit ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirishda yangi davrni boshlab berishi ta’kidlandi.
Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikni, jumladan, savdo-iqtisodiyot, madaniy-gumanitar, ta’lim va boshqa sohalarda kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, o‘zaro savdoni ko‘paytirish, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoati, raqamlashtirish, turizm hamda sport sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish va o‘zaro manfaatli sohalarda amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyorligini tasdiqladilar.
Muzokaralar yakunida davlat rahbarlari Qo‘shma bayonotni imzolashdi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Paragvaya Santyago Penya podpisali Sovmestnoe zayavlenie.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shuningdek, yetakchilar huzurida O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi doirasida bozorga kirish masalalari bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar yakunlangani to‘g‘risidagi bayonnoma hamda Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuv mexanizmini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Eslatamiz, Paragvay prezidenti Santyago Penya rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Oliy muzokaralardan tashqari, Paragvay yetakchisi Xalqaro avtomobil federatsiyasi Bosh assambleyasida va federatsiya shafeligida o‘tkaziladigan musobaqalar g‘oliblarini taqdirlash marosimida ham ishtirok etadi.