"Hyundai" O‘zbekistonga Koreyada ishlab chiqarilgan birinchi tezurar poyezdni jo‘natdi

"Hyundai Rotem" O‘zbekistonga yuqori tezlikdagi poyezdlarni rasmiy muddatidan oldin jo‘natdi.
Sputnik
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. "Hyundai Rotem" O‘zbekistonga tezurar poyezdlarni belgilangan muddatdan oldin jo‘natdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning "ChosunBiz" nashri xabar berdi.
Kompaniya avvalroq 7 ta vagondan iborat (bitta poyezd) birinchi partiyani zavoddan chiqarib, yuklash ishlarini amalga oshirdi. Bu o‘tgan yil iyun oyida imzolangan shartnomadan so‘ng 1-yil 5 oy o‘tib amalga oshirildi. Partiya kelgusi yil yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga yetib keladi. Shu tariqa "Hyundai Rotem" poyezdlarni mart oyiga belgilangan rasmiy yetkazib berish muddatidan 1-2 oy ilgari jo‘natgan bo‘ldi.

Kompaniya qolgan 35 ta vagonni (beshta poyezd) 2027-yilgacha bosqichma-bosqich yetkazib berishni rejalashtirmoqda.

Tyezurar poyezdlar O‘zbekistonning iqlim va ekspluatatsiya sharoitlarini inobatga olgan holda maxsus loyihalashtirilgan. Ular yuqori harorat va qum bo‘ronlari sharoitida barqaror ishlashni ta’minlaydigan changdan himoyalovchi konstruksiyaga ega. Poyezdlar O‘zbekistonda qo‘llaniladigan 1520 mm kenglikdagi yo‘llar uchun moslashtirilgan keng chiziqli aravachalar bilan jihozlangan.
"Hyundai Rotem" poyezdlari umumiy uzunligi 1286 km bo‘lgan yo‘nalishlarda, jumladan, Toshkent–Buxoro o‘rtasidagi 590 km uchastkada xarakatlanishi rejalashtirilgan.
Toshkent viloyatining barcha hududlari poytaxt bilan tezkor elektr poyezdlar orqali bog‘lanadi