TOShKENT, 9 dek – Sputnik. Rossiyada mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish va ularning huquqlarini himoya qilishni nazarda tutuvchi memorandum imzolandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Memorandum O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Migratsiya agentligi vakolatxonasi, Sankt-Peterburg Advokatlar palatasi, “Sankt-Peterburg” xalqaro advokatlar hay’ati hamda Qirg‘iziston Bosh konsulxonasi o‘rtasida imzolandi.
Hujjatda mehnat migrantlari huquqlariga oid masalalar bo‘yicha bepul ma’ruza va seminarlar o‘tkazish, shuningdek ma’lumotnoma hamda uslubiy materiallar bilan o‘zaro almashish nazarda tutilgan.
Ta’kidlanishicha, bunday ko‘lamdagi uch tomonlama memorandumlar Rossiyada ilk bor imzolanmoqda.