Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Gerasimov: Rossiya qo‘shinlari deyarli barcha yo‘nalishlarda hujumni davom ettirmoqda

Krasnoarmeyskda 200 nafardan ortiq aholi evakuatsiya qilindi, Dimitrov yo‘nalishida qurshab olish amalga oshirilgani aytildi.
Sputnik
TOShKENT, 9 dek – Sputnik. Rossiya armiyasi maxsus operatsiya hududida deyarli barcha yo‘nalishlarda hujum harakatlarini davom ettirmoqda. Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
"Birlashgan guruh qo‘shinlari deyarli barcha yo‘nalishlarda hujumni davom ettirmoqda", — dedi Gerasimov.
U Dnepropetrovsk yo‘nalishidagi "Markaz" guruhi jangchilarining jangovar vazifalarni bajarish jarayonini tekshirdi. Gerasimovning aytishicha, Krasnoarmeyskda turar joy kvartallarini ko‘zdan kechirish, tinch aholiga yordam ko‘rsatish ishlari amalga oshirilmoqda. Shahardan 200 nafardan ortiq kishi evakuatsiya qilingan.

"Aholi punkti ozod etilgandan keyin Rossiya qo‘shinlarining asosiy vazifasi — Dimitrov hududida qurshab olingan Ukraina Qurolli kuchlari tuzilmalarini yo‘q qilish. Bu vazifani 51-armiya tarkibidagi beshinchi alohida motoo‘qchi brigada bajarmoqda", — dedi Rossiya Bosh shtabi boshlig‘i.

Noyabr oyi oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Krasnoarmeysk va Dimitrovning janubiy qismi nazorat ostiga olingani haqida ma’lumot berilgan edi. Ushbu ikki aholi punkti bitta shahar aglomeratsiyasini tashkil etadi va Ukraina Qurolli kuchlarining Donbassdagi eng muhim transport tugunlaridan biri hisoblanadi.
Ta’kidlanishicha, ushbu hududning to‘liq nazoratga olinishi DXRning g‘arbiy chegaralariga chiqish, Zaporojye yo‘nalishida hujumni davom ettirish va butun tutashuv chizig‘i bo‘ylab faol harakatlar bosqichiga o‘tish imkonini beradi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Frontdagi katta yutuq: Krasnoarmeysk va Volchansk ozod qilindi — Putinga hisobot berildi