O‘zbekiston va YeOII

YeIK YeOIIdagi birinchi kooperatsiya loyihasini subsidiyalashni ma’qulladi

Bugungi kunda YeIKga subsidiya olish uchun 16 ta ariza kelib tushdi: 13 tasi Rossiyadan, ikkitasi Qozog‘istondan va bittasi Qirg‘izistondan.
Sputnik
TOShKENT, 8 dek – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) kengashi sanoat kooperatsiyasini moliyalashtirish mexanizmi doirasida ikkita loyihani amalga oshirish uchun Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) budjetidan subsidiyalar berishni ma’qulladi.
Loyihalardan biri Rossiyaning “Beshtau Elektroniks" kompaniyasi tomonidan Belarusning "Nero Elestroniss" va Qirg‘izistonning “Qirg‘izelektronika" MChJ bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Bu shaxsiy kompyuterlarning tizim bloklarini ishlab chiqarishni yaratishga qaratilgan.
Ikkinchi loyiha Rossiya hududida temir yo‘l transporti, jumladan, tezurar poyezdlar uchun yuqori texnologiyali komponentlarni ishlab chiqarishni boshlashni nazarda tutadi. Uni “Voyaj” NNT Armanistonning “Metalstroy” MChJ va Belarusning “Ruxservomotor” MChJ bilan birgalikda amalga oshiradi.
“2025 yilda tasdiqlangan uchta loyihaga yana ikkita loyiha qo‘shildi. Loyihalarda barcha a’zo davlatlar ishtirok etishi muhimdir. Ishonchim komilki, qabul qilingan tashabbuslarning amalga oshirilishi asosiy vazifa — mamlakatlarimiz o‘rtasida barqaror iqtisodiy aloqalarni shakllantirishga yordam beradi”, - dedi YeIK vaziri Goar Barsegan.
Bugungi kunda YeIKga subsidiya olish uchun 16 ta ariza kelib tushdi: 13 tasi Rossiyadan, ikkitasi Qozog‘istondan va bittasi Qirg‘izistondan. Ular umumiy qiymati 17 milliard Rossiya rubliga teng. Beshta loyiha ma’qullandi. Boshqa arizalar ko‘rib chiqishning turli bosqichlarida.
O‘zbekiston va YeOII
Qalbaki mahsulotlarga qarshi chora: YeOII yangi raqamli markirovka qoidalarini tasdiqladi