Nukus va Samarqand YuNESKO Global ta’lim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi —bu ularga nima beradi

YuNESKO tarmog‘i shaharlarda ta’limni rivojlantirish va tajriba almashishni qo‘llab-quvvatlaydi. Nukus va Samarqandning qo‘shilishi ularga yangi imkoniyatlar ochadi
Sputnik
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Nukus va Samarqand shaharlari ta’limni kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirgan dunyo shaharlarini birlashtiradigan YuNESKOning Global ta’lim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Tarmoq maktablar, ish joylari, kutubxonalar, uy muhiti va jamoat maskanlarida umrbod ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. YuNESKO qaroriga ko‘ra, bu yil dunyoning 45 mamlakatidagi 70 ta nomzod shahar tarmoq a’zolari safiga qabul qilindi.
Global ta’lim shaharlari tarmog‘i a’zo hududlar o‘rtasida tajriba almashishni, muloqot va sheriklik munosabatlarini rivojlantirishni, shuningdek umr davomida ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishni maqsad qiladi.
YuNESKO Nukusda yoshlar, ayollar va aholining zaif qatlamlari ehtiyojlariga javob beradigan inklyuziv ta’lim ekotizimini shakllantirish yo‘lida amalga oshirilgan ishlar yuqori baholanganini ta’kidladi.
Yuridik ta’limni isloh qiluvchi farmon qabul qilindi — tafsilotlar