JCh-2026ga qura tashlandi: O‘zbekiston “K”guruhida

O‘zbekiston Portugaliya va Kolumbiya bilan bir guruhda.
Sputnik
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. 2026 yilda AQSh va Meksikada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga qur’a tashlandi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi “K”guruhidan o‘rin oldi. Ushbu guruhda Portugaliya hamda Kolumbiya jamoalaribor. Shuningdek pley-off natijasiga ko‘ra Yangi Kaledoniya, Yamayka yoki Kongo jamoalaridan biri joylashadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro qur’a tashlash masroimidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

“Bu JChga qur’a tashlash marosimi va unda dunyoning istalgan jamoasiga duch kelish mumkin. Muhimi O‘zbekiston mundialda”, - dedi bosh marabbiy.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ham qur’a tashlash marosimidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
“Ishonamizki, jamoamiz Jahon chempionatiga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, o‘z o‘yinlari bilan xalqimizni xursand qiladi”, - dedi Irmatov.
FIFA Jahon chempionati uchrashuvlari bo‘lib o‘tadigan stadionlar va o‘yinlar haqida ma’lumotni 6-dekabr kuni e’lon qiladi
FIFA Jahon chempionati stadionlari va o‘yinlarning boshlanish vaqtlari to‘g‘risidagi taqdimotni 6-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 e’lon qiladi.