TOShKENT, 5 dek – Sputnik. Maktablarda beshinchi sinfdan baland sinf o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
"Hukumatning 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qaroriga muvofiq, 2025-2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28-dekabrdan (boshlang‘ich 1-4-sinflarda 27-dekabr — shanba kunidan) boshlanadi", - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ta’til 14 kalendar kun - 2026-yil 10-yanvargacha davom etadi. ️2026 yil 11-yanvar yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani bois, III chorak darslari 2026-yil 12-yanvardan boshlanadi.