“Qulay muhit” va “Hokimiyat monitori” giyohvandlik va chiqindi muammosini aniqlaydi

Shahar hududlarida ma’muriy tartibni kuchaytirish maqsadida videokuzatuv, videodomofon va “aqlli” platformalar orqali monitoring va avtomatik qayd etish tizimlari joriy etilmoqda
Sputnik
TOShKENT, 5 dek – Sputnik. Ma’muriy videokuzatuv tizimlari orqali obodonlashtirish va qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq qonunbuzilishlarni avtomatik qayd etish maqsadida “Qulay muhit” va “Hokimiyat monitori” axborot tizimlari yaratiladi.
Ushbu tizimlar, shuningdek, mahalla hududlarida giyohvand moddalar tarqatilishining oldini olishga ham ko‘maklashadi.
Raqamli videodomofon tizimlari orqali quyidagilar amalga oshiriladi:
turar-joy binolari atrofini nazorat qilish;
aholini tezkor xabardor qilish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta aloqa o‘rnatish.
Dispetcherlik markazini o‘z ichiga olgan yagona shahar platformasi quyidagilarni ta’minlaydi:
mahalla hududlaridagi holatni tezkor monitoring qilish va xizmat ko‘rsatish sifatini nazorat qilish;
katta hajmdagi ma’lumotlar bazasi (“Big Data”) tahlili va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish hisobiga obodonlashtirish sohasini boshqarish sifatini oshirish.
Chiqindi xizmatlarida faqatgina ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov hisoblanadi