TOShKENT, 4 dek – Sputnik. Rossiya Donbass va Novorossiyani har qanday holatda ozod qiladi – harbiy yoki boshqa yo‘l bilan. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
“Yoki biz qurolli yo‘l bilan bu hududlarni ozod qilamiz, yoki Ukraina qo‘shinlari bu hududlarni tark etadi va odamlarni o‘ldirishni bas qiladi”, - dedi Rossiya rahbari “India Today” telekanaliga bergan intervyusida.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga Donbassdan qo‘shinlarini olib chiqishni va harbiy harakatlarni boshlamaslikni taklif qilgan, ammo Kiyev jang qilishni afzal bilgan.
Rossiya prezidenti savol tarixini eslatdi: yangi hududlar aholisining o‘zi tanlov qilgan.
“DXR va LXR Ukraina tarkibda mavjud bo‘lishni istamadi va buni referendumda bildirdi”, - dedi Putin.