TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Samarqanddagi CITES CoP20 konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Ekologiya qo‘mitasi raisi maslahatchisi Alisher Salomov Rossiya Tabiiy resurslardan foydalanishni nazorat qilish federal xizmati rahbari o‘rinbosari Tatyana Kuznetsova bilan uchrashdi.
Tomonlar atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qilib, ekologik xavfsizlik, tajriba almashish va zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalariga e’tibor qaratdilar.
Suhbatda suv obyektlarini muhofaza qilish va suv resurslaridan oqilona foydalanish kabi strategik yo‘nalishlar ham ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar muloqotni muntazam davom ettirish va ekologiya hamda tabiiy resurslar sohasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.