TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Xalqaro terroristik tashkilotlarga aloqadorligi uchun 25-yildan ortiq vaqt davomida qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi joriy yil noyabr oyida xorijda ushlanib, O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati xabar berdi.
V Uzbekistan dostavili chlena mejdunarodnoy terroristicheskoy organizatsii
© Press-slujba SGB
Xabarda aytilishicha, u diniy-ekstremistik oqim g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlagan, “hijrat” va “jihod” qilishni maqsad qilgan holda 1999-yilda O‘zbekistondan chiqib ketgan. U Afg‘oniston, Pokiston va Suriya hududlaridagi xalqaro terroristik tuzilmalar safida jangovar harakatlarda ishtirok etgan.
Shu vaqtga qadar o‘ziga tegishli bo‘lmagan, soxta hujjatlar asosida yashirinib yurgan ushbu shaxs MDHga a’zo davlatlardan birida qo‘lga olingan.
Ayni paytda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 154- (yollanish), 155- (terrorizm), 159- (konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish) va boshqa moddalari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.