TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Amerikaning tinchlik rejasi Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha bo‘lajak kelishuvlar uchun asos bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.
“Shartnoma loyihalari bo‘lmagan. Muhokama qilish va uzil-kesil shakllantirish uchun taklif qilingan savollar to‘plami edi”, - dedi Rossiya yetakchisi Qirg‘izistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida.
Putinning aniqlik kiritishicha, Rossiya tomoni umuman olganda AQSh takliflari kelishuvlar asos bo‘lishi mumkinligiga rozi, biroq ayrim savollar prinsipial xususiyatga ega.
Rossiya prezidenti mamlakat takliflarni Jenevadagi uchrashuvdan keyin olgan va hamma 28 ta bandni keyinchalik muhokama qilish uchun to‘rtta bo‘limga ajratish kerakligini ta’kidladi.
Putinning qo‘shimcha qilishicha, hozir barcha takliflarni diplomatik tilga o‘girish va aniq savollar bo‘yicha jiddiy muzokaralarga o‘tkazish darkor.