TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Aleksey Yerxovdan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, davlat rahbari Gretsiyadan Paraskevi Seveleki, Indoneziyadan Siti Ruhayni Juxayatin, Latviyadan Girts Yaunzems, Fransiyadan Valid Fuk, Yaponiyadan Kendzi Xirata va Tojikistondan Nasredin Ismatulloning ishonch yorliqlarini ham qabul qildi.
Posol RF v Uzbekistane Aleksey Yerxov vruchil veritelnie gramoti prezidentu Shavkatu Mirziyoyevu
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Marosim yakunida Mirziyoyev elchilarga faoliyatlarida muvaffaqiyat tilab, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga chaqirdi. Xorijiy diplomatlar esa samimiy qabul va yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni faol rivojlantirishga tayyorliklarini ta’kidladilar.