TOShKENT, 26 noya – Sputnik. Toshkent viloyati Niyozboshi qishlog‘idagi ayrim xususiy korxonalarda qurilish materiallari ishlab chiqarish jarayonida polietilen moddalar yoqilgani aniqlanib, ishchi guruh tomonidan ularning faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, mazkur holat ekologiya, prokuratura va ichki ishlar organlari tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlarida atmosfera havosini muhofaza qilish maqsadida o‘tkazilgan tungi nazorat va reyd tadbirlari vaqtida aniqlangan.
"Atmosfera havosini muhofaza qilishda fuqarolarning faol ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiramiz va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda hamkorlikka chaqiramiz", — deyiladi xabarda.