Toshkentda ekologiyani yaxshilash maqsadida issiqxonalar gaz bilan ta’minlanmoqda

Toshkent shahri va yaqin tumanlarda issiqxonalarga tabiiy gaz va issiqlik energiyasini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar rasmiylashtirilib, ularning gaz ta’minoti barqarorlashtirilmoqda
Sputnik
TOShKENT, 26 noya – Sputnik. Toshkent shahrida ekologik holatni yaxshilash maqsadida “Hududgazta’minot” AJ tomonidan issiqxona xo‘jaliklari bilan shartnomalarni rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilgan Toshkent shahri va unga yaqin hududlardagi 68 ta issiqxona xo‘jaligi (jami 173,1 gektar)ga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha belgilangan tartibda shartnomalar tuzilgan va ularga gaz yetkazib berilmoqda.

Shuningdek, Zangiota tumanidagi 34 ta va Qibray tumanidagi 66 ta issiqxona xo‘jaligi bilan “issiqlik energiyasini yetkazib berish” bo‘yicha shartnomalar rasmiylashtirildi.
Hozirda tabiiy gaz tarmog‘iga ulangan barcha issiqxonalarga gaz uzluksiz va belgilangan meyorlarda yetkazib berilmoqda.
Toshkentda ekologik vaziyatni yaxshilash choralari belgilandi: Prezident farmoni imzolandi