TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Donesk xalq respublikasi hududidagi Ivanopolye qishlog‘i ustidan nazorat o‘rnatdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
"Janub" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari qat’iy harakatlar natijasida Ivanopolye aholi punktini ozod qildi", — deyiladi xabarda.
Rossiyskie voyska osvobodili Ivanpolye v DNR, soobshilo Minoboroni RF
© telegram sputnikuzbekistan
/ Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov ham Rossiya armiyasini Ivanopolye ozod qilinishi bilan tabrikladi. U Georgiy Pobedonoses nomidagi to‘rtinchi alohida gvardiya motoo‘qchi brigadasi, 78- va 1194-motoo‘qchi polklari harbiylarining mardlik va jasoratini alohida qayd etdi.
"Janub" qo‘shinlar guruhining hujumchilarining muvaffaqiyati Konstantinovkaning janubiy chekkalariga yaqinlashishga imkon berdi va dushmanning shahardagi holatini qiyinlashtirdi. Zarba beruvchi uchuvchisiz uchish apparatlari operatorlari Konstantinovkadagi dushmanning harbiy nishonlarini deyarli to‘siqsiz aniqlash va yo‘q qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.