TOShKENT, 24 noya – Sputnik. Hindistonlik kinoaktor Dharmendra Keval Krishan Deol, ko‘proq Dharmendra nomi bilan tanilgan, 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Dharmendra o‘z davrining eng muvaffaqiyatli va xarizmatik aktorlaridan biri sifatida tanilgan. 60-yildan ortiq ijodiy faoliyati davomida u 300 tadan ortiq filmlarda rol ijro etgan.
Ular orasida sovet tomoshabinlari orasida mashhur bo‘lgan hind kartinalari — “Zita va Gita”, “Mening sevimli rojam”, “Qasos va qonun” va boshqalar bor.
Aktor 8-dekabr kuni nishonlanishi kerak bo‘lgan 90 yoshga to‘lishidan ikki hafta oldin Mumbaydagi uyida vafot etdi. NDTV telekanali ma’lumoticha, u Breach Candy kasalxonasidan chiqarilganidan 12 kun o‘tib vafot etgan. Dharmendra oktabr oyi oxirida nafas olish qiyinligidan shikoyat qilib, kasalxonaga yotqizilgan edi.