TOShKENT, 24 noya – Sputnik. Kobulda Imom Abu Hanifa nomidagi xalqaro savdo-sanoat ko‘rgazma-yarmarkasi doirasida umumiy qiymati 700 million dollarlik shartnoma va memorandumlar imzolandi.
Ko‘rgazmada milliy tadbirkorlarning yuzlab stendlaridan tashqari, xalqaro qatnashchilarning 300 ta ekspozitsiyasi namoyish etildi. Ular orasida O‘zbekiston, Eron, Hindiston va Pokiston kompaniyalari ham qatnashdi.
Ko‘rgazma 23-noyabr kuni o‘z ishini yakunladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yetti kunlik tadbirda 5 mingdan ziyod ishbilarmon ishtirok etgan, bir millionga yaqin tashrif buyuruvchi kelgan.
"Imom Abu Hanifa nomidagi to‘rtinchi milliy va xalqaro ko‘rgazma avvalgi uchtasidan ham namoyish etilgan tovarlar soni, ham sifat jihatidan ajralib turdi," — dedi Afg‘oniston savdo-investitsiya palatasi bosh direktori Muhammad Vali Amini.