O‘zbekiston–Xitoy forumida mahalliy mahsulotlar va investitsiya imkoniyatlari taqdim etildi

Forumda ikki davlatning davlat idoralari, ishbilarmon doiralari va tadbirkorlar uyushmalaridan 400 dan ortiq vakillar ishtirok etdi
Sputnik
TOShKENT, 23 noya – Sputnik. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston–Xitoy savdo-iqtisodiy forumi doirasida “Made in Uzbekistan” milliy stendi namoyish etildi. Tadbir 22-noyabr kuni Tanszin shahrida bo‘lib o‘tdi.
Milliy stendda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlari, ishlab chiqarish imkoniyatlari, innovatsion yechimlari, shuningdek, mamlakatning turizm saloxiyati taqdim etildi.
V Tanszine predstavlen torgovo-ekonomicheskiy, kulturniy i investitsionniy potensial Uzbekistana.
Forum ishtirokchilariga O‘zbekistonda shakllantirilgan jozibador investitsiya muhiti, biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar, investorlar uchun ajratilayotgan imtiyoz va preferensiyalar, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida hamkorlik imkoniyatlari batafsil tanishtirildi.
Tadbir yakunida xitoylik investorlar bilan qator uchrashuvlar o‘tkazilib, energetika, infratuzilma, kimyo sanoati, yengil sanoat, agrar kompleks, qurilish materiallari ishlab chiqarish va logistika kabi yo‘nalishlarda loyihaviy takliflar muhokama qilindi.
O‘zbekistonning 40 tadan ortiq kompaniyasi “INNOPROM.Belarus” xalqaro ko‘rgazmasida qatnashdi