TOShKENT, 21 noya – Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I ishtirokida Strategik muloqotning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Ministr inostrannix del Uzbekistana Baxtiyor Saidov i ministr inostrannix del KNR Van I
© Sputnik
Muzokaralarning markaziy mavzusi ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlik masalalari, shuningdek, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash bo‘ldi.
Tomonlar siyosiy muloqotni yanada chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni rivojlantirishni ham muhokama qilishdi.
Van I Xitoy tomoni "Yangi O‘zbekiston" strategiyasi doirasida islohotlar yo‘nalishini qo‘llab quvvatlashga sodiqligini bildirib, O‘zbekistonning mintaqaviy barqarorlik hamda hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasini yuqori baholadi.
Mazkur uchrashuv yakunida tomonlar Strategik muloqot bayonnomasi va 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladi.
Kitayskaya storona virazila priverjennost podderjke kursa reform v ramkax Strategii "Noviy Uzbekistan"
© telegram sputnikuzbekistan
/ Eslatib o‘tamiz, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I 19−22 noyabr kunlari O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonga kelishi va uch davlat tashqi ishlar vazirlari bilan alohida strategik muloqotlar o‘tkazishi ma’lum qilingan edi.