Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Qrim va Donbassni tan olish, NATOdan voz kechish — Trampning Ukraina tinchlik rejasi ochiqlandi

AQSh rahbariyatining fikricha, agar mojaro davom etsa, Ukraina bu rejaga rozi bo‘lmagan taqdirda ham ushbu hududlarni shundoq ham yo‘qotishi mumkin
Sputnik
TOShKENT, 20 noya – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi mojaroni to‘xtatish bo‘yicha yangi rejasi 28 ta banddan iborat bo‘lib, hozirda Rossiya nazorat qilmayotgan sharqiy hududlarning bir qismini Moskvaga topshirishni nazarda tutadi. Bu haqda "Axios" nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, buning evaziga AQSh Ukraina va Yevropaga kelajakdagi ehtimoliy tajovuzdan uzoq muddatli xavfsizlik kafolatlari berishga tayyor.
AQSh rasmiylariga ko‘ra, Oq uyda urush davom etsa, Kiyev bu hududlarni kelishuvsiz ham — shundoq ham yo‘qotishi mumkin, shu bois Vashington bunday yechimni Ukraina uchun nisbatan foydali, deb hisoblaydi.
Rejaning asosiy takliflari
Lugansk va Donesk ustidan amaldagi nazorat Rossiyaga o‘tkaziladi.
Bu hududlar demilitarizatsiya qilinadi: Ukraina qo‘shinlarini chiqaradi, Rossiya esa o‘z harbiylarini joylashtira olmaydi.
Zaporojye va Xerson viloyatidagi front chiziqlari muzlatib qo‘yiladi.
AQSh va bir qator davlatlar Qrim va Donbassni Rossiyaning bir qismi sifatida tan oladi, lekin Kiyevdan tan olishni talab qilmaydi.
Reja Amerika xavfsizlik kafolatlari evaziga Ukraina armiyasi soni va uning qurollari uzoqligiga cheklovlar joriy etilishini nazarda tutadi.
Qatar va Turkiya hujjat ustidagi ishga qo‘shilgan bo‘lib, manbalarga ko‘ra, ular AQShning vositachilik sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Ta’kidlanishicha, Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa qo‘mitasi rahbari Rustem Umerov AQSh vakili Robert Uitkoff bilan loyihani muhokama qilgan va uning ayrim fikrlari inobatga olingan. Shu bilan birga, Kiyev asosiy shartlarga rozi emasligini, ko‘plab bandlarga e’tiroz borligini bildirgan.

Ukraina bilan muloqotdan oldin Uitkoff Rossiya prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev bilan ham maslahatlashgan.
Anqara Zelenskiy, Turkiya TIV rahbari Hoqon Fidan va Uitkoff ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi, ammo muzokaralar keyinga qoldirildi.
Ukraina tomoni uchrashuvni prezident hujjatni Yevropa davlatlarini ham jalb etgan holda kengaytirilgan formatda muhokama qilishni taklif qilgani bilan izohladi. Qo‘shimcha omil sifatida Ukrainada ayni vaqtda Zelenskiy atrofidagi ayrim shaxslarga daxldor korrupsiya mojarosi avj olgani qayd etilmoqda.
Amerikalik amaldorlardan birining aytishicha, endi tashabbus to‘liq Kiyev tomonida. Unga ko‘ra, agar Zelenskiy AQShning yangi rejasi bo‘yicha suhbatni davom ettirishni istasa, Vashingtonga tashrif buyurishi mumkin.
Shuningdek, rejada Ukraina NATOga qo‘shilishdan voz kechishi ham nazarda tutilgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
OAV: Ukrainani tinchlik muzokaralariga undash uchun AQSh vakillari Kiyevga safar qildi