Matbuot markazi

Pushkin medali: Rossiya va O‘zbekistonning madaniy muloqotiga qo‘shgan hissasi e’tirofi - video

Elmira Ahmedova Rossiya prezidentining farmoni bilan Pushkin medali bilan taqdirlandi.
Sputnik
TOShKENT, 18 noya – Sputnik. Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning farmoni bilan 4-noyabr - Xalq birligi kunida Elmira Rahimovna Ahmedova Pushkin medali bilan taqdirlandi.
Ushbu davlat mukofoti mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, xorijda rus tili va madaniyatini asrab-avaylash hamda ommalashtirishga qo‘shgan katta hissasi uchun berildi.

Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida u ota-onasi, rus tili va madaniyatining ahamiyati haqida so‘zlab berdi, Sharof Rashidovning "Vatan sevgisi qalbimda yonadi" she’riy to‘plamini, shuningdek, Rossiya bilan san’at sohasida amalga oshirilayotgan loyihalarni tilga oldi.

Uchrashuv yakunida Elmira Rahimova Alisher Navoiyning adovatning yomonligi va odamlarni do‘stlikka chorlovchi fikrlarini aytib o‘tdi.
Putin O‘zbekiston bosh prokurorini “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi