O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari Toshkentda hamkorlikni muhokama qildilar

Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari munosabatlarning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdi.
Sputnik
TOShKENT, 16 noya – Sputnik. “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgan Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan suhbat o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqot chog‘ida davlat rahbarlari bir-birlarini qutlab, ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Sostoyalas vstrecha Prezidentov Uzbekistana i Turkmenistana
Shundan so‘ng Turkmaniston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boshlandi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 17-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston–Turkmaniston strategik sherikligini mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.
Berdimuhamedovning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida o‘zbek-turkman savdo markazi ochiladi