O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston chegara kelishuvini rasman tasdiqladi

Uch davlat chegarasi to‘g‘risidagi Shartnoma ratifikatsiyasi yakunlandi — Markaziy Osiyoda tinchlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlovchi muhim diplomatik qadam
Sputnik
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi davlat chegaralari tutashgan nuqtasi to‘g‘risidagi shartnomaning ratifikatsiya yorliqlari bilan almashish to‘g‘risidagi Bayonnoma imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bayonnomani O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev va Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin imzolashdi.
Xabarga ko‘ra, mazkur hujjat konstruktiv muloqot, o‘zaro ishonch va hukumatlarning mintaqada tinchlik, barqarorlik va hamjihatlikni mustahkamlash yo‘lidagi umumiy intilishining muhim natijasi sifatida ta’kidlandi.
Ratifikatsiya jarayonining yakuni esa nozik masalalarni diplomatiya, o‘zaro hurmat va uzoqni ko‘ra bilish orqali hal etishdagi umumiy imkoniyat va salohiyatni namoyon etadi.
Deputatlar o‘zbek, qirg‘iz va tojik chegaralariga oid shartnomani ma’qulladi