TOShKENT, 16 noya – Sputnik. Bangladeshda o‘tkazilayotgan kamondan otish bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston kamonchilari kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Mikst dasturida Parij–2024 Olimpiadasi ishtirokchilari Amirxon Sodiqov hamda Ziyodaxon Abdusattorova finalgacha yetib borib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Luchniki Uzbekistana vpervie zavoyevali medali na chempionate Azii
© Press-slujba NOK
Shuningdek, erkaklar terma jamoasi jamoaviy dasturda Qozog‘istonni mag‘lub etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ahamiyatlisi, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari tarixda ilk bor qit’a birinchiligida sovrindorlikka erishdi.