O‘zbekistonda Rossiya ishtirokidagi texnoparklar ko‘payadi

Bekobod tumanida yana bitta yangi texnopark qurilishiga tamal toshi qo‘yiladi.
Sputnik
TOShKENT, 14 noya – Sputnik. Boshqirdiston delegatsiyasi Toshkent viloyati Bekobod tumanida yangi texnopark qurilishiga tamal toshi qo‘yish uchun O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev ma’lum qildi, deya xabar qildi Sputnik muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir O‘zbekisitonda Rossiya ishtirokidagi “Chirchiq” va “Jizzax” texnoparklari ishlamoqda. Yana ikkitasi Navoiy va Buxoroda ochilishga tayyorgarlik ko‘rapti. Ularni 2026-yilda ochish rejalashtirilgan.
“Kelasi hafta Boshqirdiston delegatsiyasi tashrifi kutilmoqda, uning davomida Toshkent viloyati Bekobod tumanida yangi texnopark qurilishiga tamal toshi qo‘yish rejalashtirilgan. Bu nafaqat investitsiyalar, balki yangi ish o‘rinlari, texnologiyalar va eksport uchun istiqbollar”, - dedi u ikki davlat ittifoqchiligining 20-yilligiga bag‘ishlangan davra suhbatida.
Eslatamiz, O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma texnoparklarni tashkil etish va rivojlantirishda faol hamkorlik qilmoqda.
Matbuot markazi
Rossiya va O‘zbekiston: transport, sanoat va raqamli hamkorlik istiqbollari