TOShKENT, 14 noya – Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Dushanbe shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Parlamentlararo Assambleyasi Kengashining majlisida ishtirok etdi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.
Parlamentskaya delegatsiya Uzbekistana prinyala uchastie v zasedanii Soveta Mejparlamentskoy Assamblei SNG
© Senat Oliy Majlisa
Tashrifning birinchi kuni Kengash majlisining kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Parlamentskaya delegatsiya Uzbekistana prinyala uchastie v zasedanii Soveta Mejparlamentskoy Assamblei SNG
© Senat Oliy Majlisa
Majlis davomida Rossiya Federal Majlisi Federal Kengashi raisi Valentina Matviyenko MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasining Kengashi raisi lavozimiga qayta saylandi.
Shu munosabat bilan Narbayeva Matviyenkoni tabriklab, bu qaror uning MDH doirasidagi parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan samarali faoliyatining yuqori baholanishi ekanini ta’kidladi. Shu bilan birga, unga kelgusidagi mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Shuningdek, 59-yalpi majlisga tayyorgarlik doirasida kun tartibi, reglament va tahrir hay’ati tarkibi tasdiqlandi. 2025-yilda Tojikistonning MDHdagi raisligi yuzasidan axborot eshitilib, kelgusi yilda raislik Turkmanistonga o‘tishi qayd etildi.
Majlisda MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasi doimiy komissiyalari raislari tasdiqlanib, ular orasida O‘zbekiston nomzodi – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi a’zosi Shuhrat Sharafutdinov Madaniyat, axborot, turizm va sport bo‘yicha komissiya rahbari etib tasdiqlandi.
Shuningdek, 2026-yil uchun MDH Parlamentlararo Assambleyasi ish rejasi ham tasdiqlandi. Unga ko‘ra Kengash va komissiyalar majlislari, xalqaro forumlar, saylovlarni kuzatish hamda yoshlar va ma’rifiy dasturlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, Kengash majlisida qabul qilingan qarorlar MDH davlatlari parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, qonun ijodkorligini muvofiqlashtirish va turli sohalarda integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.