“Assambleya mamlakatlarimiz parlamentariylarini umumiy maqsadlar - o‘zaro tushunishni mustahkamlash, qonunchilikni takomillashtirish, tinchlik, barqarorlik va yaxshi qo‘shnichilik qadriyatlarini ilgari surish atrofida birlashtiradi.Zamonaviy sharoitda dunyo yangi muammolar va tahdidlarga duch kelgan paytda Assambleyamizning xalq diplomatiyasi va parlamentning o‘zaro ta’siri vositasi sifatida ahamiyati yanada oshib bormoqda”, - dedi Narbayeva MDH PA sessiyasida.
"Xotira poyezdi" va "Hamdo‘stlik bolalari" kabi gumanitar tashabbuslarni amalga oshirishning ahamiyatini alohida ta’kidlashni istardim...>. Bunday loyihalar tarixiy xotirani mustahkamlashga, yoshlarda ajdodlarning qahramonliklari bilan faxrlanish tuyg‘usini shakllantirishga, MDH mamlakatlarining yosh avlodlari o‘rtasidagi do‘stlikni rivojlantirishga xizmat qilayotganiga yana bir bor ishonch hosil qildik”, - dedi O‘zbekiston Senati raisi.
“Parlament yo‘nalishi bo‘yicha biz savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga va davlatlarimiz xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga qaratilgan barcha chora-tadbirlarga ko‘maklashishda davom etamiz”, - deya ta’kidladi Narbayeva.