Migratsiya imtihonlari O‘zbekistondagi Rossiya OTM filiallarida o‘tkazilishi muhokama qilindi

O‘zbekiston va Rossiya migratsiya tartib-taomillarini soddalashtirish, imtihon va tibbiy ko‘rikni mahalliy filiallarga ko‘chirish, migrantlar huquqlarini himoya qilish masalalarini muhokama qildi.
Sputnik
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayevning Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxov bilan uchrashuvida migratsiya tartib-taomillarini soddalashtirish, tibbiy ko‘rikdan o‘tish va rus tili imtihonini Toshkent hamda Jizzaxdagi Rossiya oliy o‘quv yurtlari filiallariga ko‘chirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyada mehnat migratsiyasi jarayonini tartibga solishga oid bir qator masalalar ko‘rib chiqildi. Tomonlar “pilot loyiha”ni qayta ishga tushirish, rus tili, tarixi va qonunchiligi bo‘yicha o‘quv markazlarini tashkil etish, kasbiy ta’lim tizimida o‘qituvchilar va ishlab chiqarish xodimlarini tayyorlash uchun Rossiyadan mutaxassislarni jalb etish masalalarini muhokama qilishdi.
Bundan tashqari, migratsiya reydlari davomida O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari buzilishi yoki kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Migratsiya oqimlarini tartibga solish yuzasidan tuzilgan ishchi guruh doirasida yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor hal etish maqsadida muntazam uchrashuvlar o‘tkazib borishga kelishib olindi.
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin strategik hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi