TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Markaziy Osiyo (MO) mamlakatlari o‘z mahsulotlarini uchinchi davlatlarga eksport qilishda YeOIIning mavjud rejimlaridan foydalanishi mumkin. Bu haqda MO mamlakatlari savdo va investitsiya vazirlari kengashining birinchi yig‘ilishida Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov ma’lum qildi.
Kudratovning ta’kidiga ko‘ra, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) platformasidagi imkoniyatlardan foydalanish MO mahsulotlarini uchinchi mamlakatlar bozorlariga qulay shartlarda olib kirishga yordam beradi.
Vazir, shuningdek, mintaqa davlatlari O‘zbekiston ishtirok etadigan Yevropa Ittifoqining GSP+ tizimi imkoniyatlaridan ham foydalanishi mumkinligini qayd etdi.
Uning aytishicha, bu tizim YeI mamlakatlariga qator tovar turlarini bojsiz eksport qilish imkonini beradi.
Avvalroq Kudratov yig‘ilishda MO mamlakatlariga o‘zaro savdoni qariyb ikki barobarga — 20 milliard dollargacha oshirish bo‘yicha qo‘shma reja qabul qilishni taklif qilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2017–2024 yillarda mintaqa davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro savdo ikki barobarga o‘sib, qariyb 11 milliard dollarga yetgan.